Chorvachilik sohasida subsidiyalar ajratiladi

“Chorvachilik tarmog‘i loyihalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–293-son, 05.08.2026 y.) qabul qilindi.
- Qarorga ko‘ra, 2026-yil 1-sentyabrdan 2030-yil 1-yanvarga qadar Agrar sohada to‘lovlar agentligi tomonidan Davlat byudjeti hisobidan naslchilik xo‘jaliklariga o‘stirishga qoldirilgan identifikatsiya qilingan urg‘ochi nasldor qoramollarni saqlash xarajatlarining bir qismini qoplashga har bir davr uchun alohida quyidagi miqdorlarda subsidiya ajratiladi:
- birinchi nasldor urg‘ochi buzoq olinganda – 1,5 mln so‘m;
- ikkinchi nasldor urg‘ochi buzoq olinganda – 2 mln so‘m;
- olingan buzoq 12 oylikkacha saqlanganda – 1 mln so‘m;
- olingan buzoq 12 oydan 18 oylikkacha saqlanganda – 1 mln so‘m.