Turistik startaplar uchun subsidiya beriladi
75

Hukumat qarori (443-son, 18.08.2026 y.) bilan “Turistik startaplarni – yangi turdagi turizm xizmatlarini ishlab chiqib, amaliyotga joriy etish bilan bog‘liq xarajatlarning bir qismiga subsidiya ajratish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish”ning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.
- Reglamentga ko‘ra, xarajatlarni qoplash davlat xizmatlari markazlari yoki YAIDXP (my.gov.uz) orqali Turizm qo‘mitasi (Qo‘mita) tomonidan amalga oshiriladi.
- Bunda startapni ishlab chiqib, amaliyotga joriy etish bilan bog‘liq xarajatlarning 50 foizi, biroq 1 mlrd so‘mdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda har yili eng yaxshi 10 tagacha startap uchun subsidiya ajratiladi.