Yangilangan Turon stadionida birinchi futbol uchrashuvi 13-sentyabrda bo‘lib o‘tadi
308

Yaqinda Nukus shahridagi Turon stadioni to‘liq ta’mirdan chiqarilib, foydalanishga topshirilgan edi. Endilikda ushbu arenada professional futbol uchrashuvlarini o‘tkazish uchun barcha sharoitlar mavjud.
Yangilangan Turon stadionida Proliganing 19-turidan o‘rin olgan "Aral" - "Lochin" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv o‘tkaziladi. O‘yin 13-sentyabr - yakshanba kuni bo‘lib o‘tadi.
Ta’kidlash joizki, bugungi kunda Pro Liga o‘yinlarida "Aral" futbol jamoamiz 17-tur o‘yinlari yakuni bilan jami 42 ochko to‘plab, peshqadamlikni qo‘ldan bermay kelmoqda.
Barcha futbol muxlislarini Turon stadionida jamoamizni qo‘llab-quvvatlashga chaqirib qolamiz.