Germaniya Xalqaro hamkorlik jamiyati vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orınbaev Germaniya Xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) vakillari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda Germaniya Federativ Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida o‘rnatilgan yaqin sheriklik munosabatlari va shu asosda Qoraqalpog‘iston Respublikasi bilan ham hamkorlik yo‘lga qo‘yilganligi ta’kidlandi.
Shuningdek, Jo‘qorg‘i Kenges Raisi Prezidentimiz rahbarligida bugungi kunda yurtimizda olib borilayotgan ishlar, keng ko‘lamli islohotlar, Orolbo‘yi hududini ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirish, Orol fojiasi oqibatlarini yumshatish va shu kabi muhim yo‘nalishlar haqida ta’kidlab o‘tdi.
Shu bilan birga, Germaniya davlati ishtirokidagi loyihalar asosida iqtisodiy rivojlanishga ko‘maklashish, ekologiya, tibbiyot, professional ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha Qoraqalpog‘istonda ham bir qator ishlar amalga oshirilganligi alohida ta’kidlanib, birgalikda yangi loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
.jpg)
