Bugun “Aral” - “Yaypan” futbol jamoalari Turon stadionida maydonga tushadi
92

Yangilangan Turon stadionida jamoamiz “Lochin” jamoasiga qarshi maydonga tushib, birinchi o‘yinni g‘alaba bilan boshlagan edi.
Bugun 21-sentyabr kuni soat 18:30 da Turon stadionida Pro Liganing 20-turidan o‘rin olgan “Aral” - “Yaypan” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv o‘tkaziladi.
Ta’kidlash joizki, bugungi kunda Pro Liga o‘yinlarida “Aral” futbol jamoamiz 19-tur o‘yinlari yakuni bilan jami 46 ochko to‘plab, peshqadamlikni qo‘ldan bermay kelmoqda.
Barcha futbol muxlislarini Turon stadionida jamoamizni qo‘llab-quvvatlashga chaqirib qolamiz.