“Aral” futbol jamoamiz “Yaypan” ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi
106

Bugun yangilangan Turon stadionida “Aral” futbol jamoamiz Pro Liganing 20-turi doirasida “Yaypan” jamoasiga qarshi maydonga tushdi.
O‘yin juda qiziqarli lahzalarga boy tarzda o‘tdi va unda jamoamiz dastlabki daqiqalardan tashabbusni qo‘lga oldi. Biroq, birinchi bo‘lib, “Aral” o‘yinning 7-daqiqasida o‘z darvozasidan to‘p olib chiqdi. O‘yinning 11-daqiqasida hisob 1:1 ko‘rinishiga kelgan bo‘lsa, 13-daqiqada 1:2 ko‘rinishiga, 29-daqiqada 1:3,
36-daqiqada 1:4 ko‘rinishiga keldi. O‘yin yakunida jamoamiz 2:5 hisobida ishonchli g‘alaba qozondi.
Natijada, Pro Liga o‘yinlarida peshqadamlikni qo‘ldan bermay kelayotgan jamoamiz navbatdagi 3 ochkoni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi va jami ochkolar sonini 49 taga yetkazdi.