Tennis sport turi ommalashtiriladi

“Tennis sport turini ommalashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–347-son, 21.09.2026 y.) qabul qilindi.
🔰 Qarorga ko‘ra, quyidagilar tennis sport turini 2030-yilgacha ommalashtirish va rivojlantirishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib belgilandi:
🔹 tennis bilan doimiy shug‘ullanuvchilar sonini 3 000 nafargacha yetkazish;
🔹 tennis bo‘yicha trenerlar sonini 200 nafarga yetkazish;
🔹 tennis sport turi bo‘yicha Osiyoda top-5 talikka kirish;
🔹 tennis sport turini istiqbolli sport turlari qatoriga kiritish choralarini ko‘rish.
✅ 2026-yil 1-oktyabrdan an’anaviy tarzda tennis bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasida quyidagi musobaqalarni o‘tkazib borish yo‘lga qo‘yiladi:
🔸 Professional tennischilar assotsiatsiyasi (ATP) va Ayollar tennisi assotsiatsiyasi (WTA) hamda Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) shafeligi ostida bo‘lib o‘tadigan xalqaro tennis musobaqalari;
🔸 yoshlar va kattalar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi;
🔸 yoshlar, o‘smirlar va kattalar o‘rtasida Respublika chempionati;
🔸 kattalar o‘rtasida “Uzbekistan open” xalqaro turniri;
🔸 erkaklar o‘rtasida “ATP Challenger” xalqaro musobaqasi.