Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida “Juniors Tennis Initiative” dasturi joriy qilinadi

📜 Qarorga ko‘ra, 2027-yil 1-yanvardan umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida “Juniors Tennis Initiative” dasturi joriy qilinadi. Bunda dastur doirasida:
- 1–4-sinf o‘quvchilari uchun jismoniy tarbiya darslarida tennisga qiziqishni shakllantirish bo‘yicha boshlang‘ich mashg‘ulotlar yo‘lga qo‘yiladi;
- o‘quvchilarning tennisga qiziqishi hamda sport infratuzilmasi mavjudligiga qarab tennis rivojlantiriladigan umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari tanlab olinadi;
- tanlab olingan umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida tennis bo‘yicha sport seksiyalari tashkil etiladi hamda ularning moddiy-texnika bazasi yaxshilanib, sport inventarlari, shu jumladan, “tennis wall” moslamalari bilan O‘zbekiston tennis federatsiyasi mablag‘lari hisobidan jihozlanadi;
- mashg‘ulotlar tanlab olingan umumiy o‘rta ta’lim tashkiloti joylashgan hududdagi sport maktabidan jalb etilgan trenerlar tomonidan olib boriladi.
📖 Qaror bilan 2023-yil 7-apreldagi PQ–114-son qarori 7-ilovasining 9 va 10-bandlaridagi miqdorlarga quyidagicha o‘zgartirishlar kiritildi:
🔸 9. Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari g‘oliblari hamda sovrindorlari quyidagi miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi:
▫️ oltin medal uchun — 25 000 AQSH dollari;
▫️ kumush medal uchun — 12 500 AQSH dollari;
▫️ bronza medal uchun — 6 250 AQSH dollari.
🔸 10. Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilarni tayyorlagan trenerlar quyidagi miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi:
▪️ oltin medal uchun — 10 000 AQSH dollari;
▪️ kumush medal uchun — 5 000 AQSH dollari;
▪️ bronza medal uchun — 2 500 AQSH dollari.