25-27-sentyabr kunlari Nukus shahrida xalqaro forumlar bo‘lib o‘tadi

Joriy yilning 25-sentyabr kuni Nukus shahridagi “Oq qush” majmuasida tuzni qayta ishlash va tuz-kimyo sanoatini rivojlantirishga qaratilgan “Tuzni qayta ishlash bo‘yicha xalqaro investitsiya forumi” o‘tkaziladi.
Unda Qoraqalpog‘istonning tuzni qayta ishlash bo‘yicha mavjud salohiyati, deyarli cheklanmagan resursga ega Borsakelmas tuz koni va “Kungrad Salt Free Zone” sanoat zonasi imkoniyatlari, mahalliy sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar namoyish etiladi.
Shuningdek, 26-27-sentyabr kunlari oralig‘ida O‘zbekiston (Qoraqalpog‘iston) - Xitoy hududlararo savdo-iqtisodiy forumi o‘tkaziladi.
Forum doirasida xorijiy investorlar bilan uchrashuvlar, B2B muzokaralar tashkil etiladi.
Barcha tadbirkorlarni xalqaro forumlarda ishtirok etishga taklif etamiz.