“Tuzni qayta ishlash bo‘yicha xalqaro investitsiya forumi” ochilishiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi

Bugun Nukus shahridagi “Oqqush” majmuasida “Tuzni qayta ishlash bo‘yicha xalqaro investitsiya forumi”ning ochilishiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.
Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orınbaev so‘zga chiqib, ishtirokchilarni forum ochilishi munosabati bilan tabrikladi.
Ta’kidlash joizki, so‘nggi yillarda yurtimizda hurmatli Prezidentimiz tomonidan xalqaro iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishga, Qoraqalpog‘istonning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishga, hududda tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Bugungi xalqaro forum faoliyati ham shunday chora-tadbirlar natijasi bo‘lib, unda 20 ga yaqin davlatdan 100 dan ortiq investorlar ishtirok etmoqda.
O‘tkazilgan forum doirasida hududimizning mavjud salohiyati, infratuzilma afzalliklari, berilgan imtiyozlar, shuningdek, oltin, mis, magniy, kobalt, nikel, kvars, bentonit va boshqa mineral xomashyo konlariga egaligi, jumladan, deyarli bitmas-tuganmas zaxiraga ega 110 ming gektarda joylashgan “Barsakelmas” tuz koni imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi.
Bundan so‘ng B2B formatidagi uchrashuvlar o‘tkazilib, unda istiqbolli loyihalar bo‘yicha muzokaralar olib borildi.




.jpg)


.jpg)