Xorijiy investorlar “Barsakelmas” tuz koni imkoniyatlari bilan tanishdi

Nukus shahridagi “Oqqush” majmuasida “Tuzni qayta ishlash bo‘yicha xalqaro investitsiya forumi”ning ochilishiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tgan edi.
Ushbu xalqaro forumda 20 ga yaqin davlatdan 100 dan ortiq investorlar ishtirok etib, unda istiqbolli loyihalar ustida hamkorlik bo‘yicha muzokaralar olib borildi.
Shuningdek, deyarli bitmas-tuganmas zaxiraga ega “Barsakelmas” tuz koni imkoniyatlari investorlar tomonidan joyiga borib ko‘rildi.
Ta’kidlash joizki, “Barsakelmas” tuz konining umumiy maydoni 110 ming gektarni tashkil etib, bugungi kunda uning atigi 10 ming gektarga yaqin qismigina o‘zlashtirilgan.
Ana shunday xomashyo bazasi negizida kamida 19 turdagi kimyoviy tayyor mahsulot ishlab chiqarish imkoniyati mavjud.
O‘z navbatida, xorijiy hamkorlar tuz koni imkoniyatlarini ko‘zdan kechirib, ushbu zaxira imkoniyatlaridan yanada kengroq foydalanish va yangi loyihalar albatta ishga tushirilishi lozimligini ta’kidladi.
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
