Xalqaro forum doirasida muhim kelishuvlarga erishildi

Nukus shahridagi “Oqqush” majmuasida O‘zbekiston (Qoraqalpog‘iston) - Xitoy hududlararo savdo-iqtisodiy forumi o‘tkazildi.
Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orınbaev so‘zga chiqib, yig‘ilganlarni forum ochilishi munosabati bilan tabrikladi.
O‘tkazilgan forumda O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari I.Kasimov, Vazirlar Kengashining Raisi F.Ermanov, tadbirkorlar, Xitoy davlatidan kelgan investorlar ishtirok etdi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, ikki davlat rahbarlari o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar natijasida so‘nggi yillarda O‘zbekiston-Xitoy o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilib bormoqda.
O‘tkazilgan forum ham ana shu yo‘nalishdagi chora-tadbirlardan biri bo‘lib, unda 400 ga yaqin tadbirkorlar ishtirok etdi. Forumda Qoraqalpog‘istonning mavjud salohiyati, hudud uchun alohida berilgan imtiyozlar, yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun sabab bo‘la oladigan afzallik jihatlari qayd etildi.
Forum doirasida tog‘-kon sanoati, geologiya, IT, qishloq xo‘jaligi va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha 31 ta investitsiya loyihasi doirasida 410 million dollarlik kelishuvlar imzolandi.
.jpg)
.jpg)


.jpg)
.jpg)
.jpg)

.jpg)