O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoni

Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha:
“O‘zbekiston Respublikasi xalq o‘qituvchisi” faxriy unvoni bilan
Saparbayev Azimbay Saburovich - Amudaryo tumanidagi 36-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining matematika fani o‘qituvchisi
“Mehnat shuhrati” ordeni bilan
Sayimova Sarsengul Alpisbayevna - Qorao‘zak tumanidagi 9- sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining o‘zbek tili fani o‘qituvchisi
“Do‘stlik” ordeni bilan
Bayriyeva Almagul Qurbanovna - Qoraqalpoq davlat universitetining siyosatshunoslik va ma’naviyat asoslari kafedrasi mudiri
“Mardlik” ordeni bilan
Allambergenova Nigora Gulmurzayevna - Qonliko‘l tumanidagi 2-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining o‘zbek tili fani o‘qituvchisi
Kushmurotov Elmurot Jurakulovich - “University of innovation technologies” nodavlat ta’lim muassasasi ta’sischisi
“Jasorat” medali bilan
Embergenova Gulnara Joldasbayevna - Nukus shahridagi “Baxtli oila” oilaviy bolalar uyi rahbari
“Kelajak bunyodkori” medali bilan
Shukurullayeva Mohinur Baxrom qizi - Taxiatosh tumanidagi 6-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi