Qoraqalpog‘iston yoshlari uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratildi

Davlat komissiyasining tegishli bayoniga muvofiq, 2026/2027-o‘quv yili uchun qoraqalpog‘istonlik yoshlar oliy ta’limga kirishda quyidagi 2 ta qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bo‘ldi.
1️⃣ 1-imkoniyat
2026-yil 2–6-oktyabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasida doimiy yashovchi va kirish imtihonlarida 68 ball va undan yuqori natija ko‘rsatib, davlat oliygohlarining kunduzgi ta’lim shakliga to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan yoshlar 500 ta maqsadli qabul parametrlari uchun ro‘yxatdan o‘tadi.
Ro‘yxatdan o‘tish my.uzbmb.uz sayti orqali amalga oshiriladi. Bunda abituriyentlar talabalikka tavsiya etilgan oliy ta’lim tashkiloti va ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etadi.
Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar o‘tkazilgan kirish imtihonlari natijasiga ko‘ra to‘plagan ballari ketma-ketligiga qat’iy rioya qilgan holda maqsadli qabul parametrlariga tavsiya etiladi.
2️⃣ 2-imkoniyat:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining murojaatiga muvofiq Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari kesimida to‘lov-kontrakt asosida viloyatlardagi davlat oliy ta’lim tashkilotlariga qo‘shimcha 6 500 ta qabul parametrlari tasdiqlandi.
Bunda bazaviy to‘lov-kontrakt asosidagi qo‘shimcha qabul parametrlari davlat oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyent sifatida ro‘yxatdan o‘tgan Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasbiy ta’lim tashkilotlarini tamomlagan, o‘tkazilgan kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra 56,7 va undan yuqori ball to‘plagan, lekin talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar hisobidan shakllantiriladi.
Tanlov qaydnomalari tegishli oliy ta’lim tashkilotlariga belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun yetkaziladi.