Muddatli harbiy xizmatdagi yoshlar uchun kasbga o‘qitish va oliy o‘quv yurtiga tayyorlash markazlari foydalanishga topshirildi

Bugun Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugida qayta ta’mirlanib, zamonaviy ko‘rinishga keltirilgan kasbga o‘qitish va oliy o‘quv yurtiga tayyorlash markazlari binolarining ochilishiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.
Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orınbaev so‘zga chiqib, yig‘ilganlarni binolar ochilishi munosabati bilan tabrikladi.
Ta’kidlanganidek, so‘nggi yillarda hurmatli Prezidentimiz rahbarligida milliy armiyamizning jangovar salohiyatini oshirish, harbiy xizmatchilarning xizmat va turmush sharoitlarini yaxshilash, muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan yoshlarning kasb o‘rganish va ta’lim olishga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlash borasida keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Zamonaviy qiyofaga keltirilgan Kasb-hunarga o‘qitish va Oliy o‘quv yurtiga tayyorlash markazlari binolarining foydalanishga topshirilishi - shunday maqsadlarni o‘zida mujassam etgan ezgu ishlardan sanaladi.
Jami 5 mlrd. so‘m mablag‘ hisobidan qayta ta’mirdan chiqarilgan binolarda barcha qulay sharoitlar yaratilgan. Albatta, ushbu markazlarda muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan yoshlar ta’lim olib, o‘zlari qiziqqan kasb sirlarini o‘rganadi.
.jpg)
.jpg)
.jpg)
