Ustyurtning katta chuqurlikdagi qatlamlari o‘rganiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘ida amalga oshirilayotgan yirik loyihalar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.
Unda Istiqbolli maydonlarni, ayniqsa Ustyurtning katta chuqurlikdagi qatlamlarni o‘rganish, yangi konlarni o‘zlashtirish hamda mavjud quduqlar samaradorligini oshirish bo‘yicha rejalar taqdimot qilindi.
Ushbu maqsadlarda burg‘ilash ishlarini yangi bosqichga olib chiqish, jarayonlarga zamonaviy texnologik yechimlarni olib kirish muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.
Shu sababli hozirda Ustyurt hududida xorijiy hamkorlar bilan birgalikda yangi quduqlarni burg‘ilash, geofizik ma’lumotlarni qayta tahlil qilish hamda gaz qazib olish samaradorligini oshirish yuzasidan bir qator samarali loyihalar amalga oshirilmoqda.
Davlatimiz rahbari geologiya-qidiruv va burg‘ilash ishlari natijadorligini oshirish, yirik loyihalarni puxta hisob-kitob va aniq moliyalashtirish manbalari asosida olib borish, tarmoq korxonalari faoliyatida samaradorlikka alohida e’tibor berish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.