“Aral” - “TerDU” uchrashuvi bo‘lib o‘tmaydi
125

8-oktyabr kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Aral” hamda “TerDU” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tmaydi.
“TerDU” klubi moliyaviy qiyinchiliklar sababli Nukus shahriga tashrif buyura olmasligini ma’lum qilgan. Shu munosabat bilan, “Aral” jamoasiga texnik g‘alaba yoziladi.
Eslatib o‘tamiz, “TerDU” yana ikkita bahsda ishtirok eta olmasa jamoa Pro Ligadan chetlatiladi.