Qilichbozlarimizdan yuqori natija
130

Joriy yilning 8-11-oktyabr kunlari Toshkent shahrida Qilichbozlikning sablya yo‘nalishi bo‘yicha yoshlar va kattalar o‘rtasida Jahon kubogi bahslari bo‘lib o‘tmoqda.
Unda O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida ishtirok etgan Alpamis Urakbayev yakkalik bosqichida raqiblariga imkoniyat qoldirmadi va 1-o‘rinni egallab, oltin medalni jamoamiz hisobiga yozdirib qo‘ydi.
Muxammad Ali Tursinbayev esa, final bosqichiga qadar yetib borib, yakunda faxrli 2-o‘rin va kumush medal sohibiga aylandi.