Koreya davlatining Andon shahar kengashi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisining o‘rinbosari R.Nurazizov Koreya davlatining Kyonsan-Pukto viloyati Andon shahar kengashi vakillari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda dastlab, hurmatli Prezidentimizning Qoraqalpog‘istonga bo‘lgan alohida e’tibori, xalqimizning turmush farovonligini ta’minlash, mintaqada tadbirkorlikni rivojlantirish, investitsiya jozibadorligini oshirish borasida qabul qilingan qaror-farmonlar va shu asosda yaratilgan imkoniyatlar alohida ta’kidlandi.
Unda Janubiy Koreya va O‘zbekiston, jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘rtasidagi xalqaro hamkorlikni kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida keng turda so‘z yuritildi.
Shuningdek, ko‘p qirrali hamkorlik, yoshlarni ish bilan ta’minlash, ishlab chiqarish malakasini oshirish uchun imkoniyat yaratish kabi yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Bundan tashqari, mintaqamizning mavjud salohiyati, Andon shahri va Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘rtasida madaniyat, turizm, ekologiya va boshqa sohalarda hamkorlik imkoniyatlari keng muhokama qilinib, yaqin munosabatlarni yanada mustahkamlash yo‘lida amaliy choralar davom ettirilishi ta’kidlandi.
O‘z navbatida Delegatsiya a’zolari samimiy qabul uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdi.



.jpg)

