«Qoraqalpog‘iston Respublikasida Osiyo Taraqqiyot banki kunlari» media-missiyasi boshlandi

Hurmatli Prezidentimizning Qoraqalpog‘iston uchun alohida qabul qilingan 10-sonli farmonida Osiyo Taraqqiyot Banki bilan «iqtisodiy o‘sish yo‘lagi» yondashuvi asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish bo‘yicha memorandumni imzolash vazifasi belgilangan edi.
Belgilangan topshiriqlar ijrosi doirasida joriy yilning 14-16-oktyabr kunlari Osiyo Taraqqiyot Bankining (OTB) O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda «Qoraqalpog‘iston Respublikasida Osiyo Taraqqiyot Banki kunlari» media-missiyasi o‘tkazilmoqda.
Missiya doirasida Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida uchrashuv o‘tkazildi.
Unda Osiyo Taraqqiyot Bankining O‘zbekistondagi doimiy vakolatxonasi rahbari Kanokpan Lao-Araya, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosarlari A.Shamuratov va A.Kaypnazarovlar ishtirok etdi.
Tadbirda bugungi kunda yurtimizda xalqimizning farovon hayotini ta’minlash, infratuzilma bilan bog‘liq muammolarga yechim topish borasida keng ko‘lamli chora-tadbirlar davom ettirilib, bunda Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirilayotgan yirik loyihalar muhim ahamiyat kasb etayotgani ta’kidlandi.
Shuningdek, bunday loyihalarni hayotga tatbiq etish borasida bundan buyon ham yaqin sheriklik munosabatlari davom ettirilishi alohida tilga olindi.
O‘tkazilgan tadbir doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga ko‘maklashish borasida muhim memorandum imzolandi.



.jpg)