«Kambag‘allikdan - farovonlik sari» harakatlari To‘rtko‘l tumanida tizimli ravishda davom ettirilmoqda

Bugungi kunda xalqimiz farovonligini ta’minlash, aholi bandligini oshirish va oilalar daromadini ko‘paytirish yo‘lida amaliy ishlar izchil davom etmoqda.
Mana shunday ezgu ishlar qatorida To‘rtko‘l tumanining markazidan olisda joylashgan «Qumboskan» ovul fuqarolar yig‘inida «Kambag‘allikdan — farovonlik sari» mavzusida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orınbaev ishtirok etib, hurmatli Prezidentimiz tomonidan hududlarni rivojlantirish, inson qadrini ulug‘lash yo‘lida ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor hamda berilayotgan keng imtiyoz va yengilliklarga alohida to‘xtalib o‘tdi.
Bugungi tadbir shunchaki uchrashuv emas, balki fuqarolarning real daromadini oshirishga qaratilgan aniq va amaliy qadam bo‘ldi.
Ishsiz hamda ijtimoiy reestrga kiritilgan aholi qatlami uchun davlatimiz tomonidan yaratilgan barcha imtiyozlar, subsidiyalar va ko‘mak turlari batafsil tushuntirildi.
Uchrashuv doirasida, hududda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun kichik loyihalarga mo‘ljallangan zamonaviy asbob-uskunalar va mini-sexlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Ko‘rgazmada namoyish etilgan jihozlarni xarid qilish va to‘lovlarni amalga oshirishda yaratilgan qulay sharoitlar fuqarolarga o‘z biznesini boshlab, o‘zini o‘zi band qilishi va barqaror daromad manbaiga ega bo‘lishi uchun real sharoit yaratdi.
Shuningdek, ushbu asbob-uskunalarni olishda subsidiya, ssuda, imtiyozli kreditlar kabi yaratilgan imkoniyatlar tanishtirildi.
Xususan, tumandagi jami 10 229 ta ijtimoiy reestrga kiritilgan va kam daromadli mehnat migrantlari oilalari 93 nafar tashkilot va korxona rahbari hamda 360 nafar mahalla faoliga biriktirilib, maxsus shtab tomonidan kunlik o‘rganishlar olib borilmoqda.
Uchrashuvdan keyin Jo‘qorg‘i Kenges Raisi aholi xonadonlarida bo‘lib, ularning sharoitlari bilan tanishdi.
Kun davomida Jo‘qorg‘i Kenges Raisi topshirig‘i bilan mas’ullar ishtirokida tashkil etilgan sayyor qabul aholi bilan bevosita muloqot maydoniga aylandi.
.jpg)

.jpg)
.jpg)
.jpg)

.jpg)
.jpg)