Fuqarolarning daromadini oshirish borasida amaliy ishlar davom ettirilmoqda

Hurmatli Prezidentimizning topshirig‘iga asosan bugungi kunda «Kambag‘allikdan - farovonlik sari» harakati davom ettirilib, shu asosda joylarda ishsiz fuqarolarning bandligini ta’minlash, yordam va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga muhtoj aholi qatlamining daromadini oshirish yo‘nalishida keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Ana shunday ezgu tashabbus asosida Xo‘jayli tumanida bo‘sh ish o‘rinlari va uy sharoitida kichik biznes bilan shug‘ullanish uchun maxsus asbob-uskunalar yarmarkasi o‘tkazildi.
Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay
Orınbaev so‘zga chiqib, o‘z tadbirkorligini boshlab, daromadini oshirish istagi bor fuqarolar uchun barcha yordamlar ko‘rsatilishini ta’kidladi.
Yarmarkada shuningdek, ishsiz va ijtimoiy reestrga kiritilgan aholi qatlami uchun davlatimiz tomonidan yaratilgan barcha imtiyozlar, subsidiyalar va yordam turlari to‘liq tushuntirildi, zarur ma’lumotlar berilib, imkoniyatlar ko‘rsatildi.
Bundan tashqari, uy sharoitida o‘z biznesini boshlab, qo‘shimcha daromad olish niyatida bo‘lgan fuqarolar uchun shu joyning o‘zida maxsus asbob-uskunalar tarqatildi.



.jpg)
.jpg)
.jpg)

.jpg)
.jpg)