Shumanay tumanida aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan yarmarka tashkil etildi

Bugungi fuqarolarning bandligini ta’minlash, ularning qo‘shimcha daromad olishiga va o‘z tadbirkorligini boshlashiga ko‘maklashish borasida qator amaliy chora-tadbirlar olib borilmoqda.
Shunday tashabbuslar qatorida bugun Shumanay tumanida «Kambag‘allikdan - farovonlik sari» harakati doirasida bo‘sh ish o‘rinlari va uy sharoitida kichik biznes bilan shug‘ullanish uchun maxsus asbob-uskunalar yarmarkasi o‘tkazildi.
Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orınbaev so‘zga chiqib, o‘z tadbirkorligini boshlab, daromadini oshirish istagi bor fuqarolar uchun barcha yordamlar ko‘rsatilishini ta’kidladi.
Yarmarkada shuningdek, ishsiz va ijtimoiy reestrga kiritilgan aholi qatlami uchun davlatimiz tomonidan yaratilgan barcha imtiyozlar, subsidiyalar va yordam turlari to‘liq tushuntirildi, zarur ma’lumotlar berilib, imkoniyatlar ko‘rsatildi.
Bundan tashqari, uy sharoitida o‘z biznesini boshlab, qo‘shimcha daromad olish niyatida bo‘lgan fuqarolar uchun shu joyning o‘zida maxsus asbob-uskunalar tarqatildi.


.jpg)


.jpg)

.jpg)
