Shumanay tumanida fan olimpiadasi g‘oliblari taqdirlandi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orınbaev ishtirokida Shumanay tumanida fan olimpiadasining tuman bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar hamda ularning ustozlarini taqdirlashga bag‘ishlangan tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Unda Jo‘qorg‘i Kenges Raisi bugungi kunda mamlakatimizda yosh avlodning bilim olishi, intellektual salohiyatini yuksaltirishi va o‘z iqtidorini namoyon etishi uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida alohida ta’kidlab o‘tdi.
Ta’kidlanganidek, hurmatli Prezidentimiz tomonidan yoshlarga qaratilayotgan yuksak e’tibor, ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar yoshlarning chuqur bilim egallashi, zamonaviy kasb-hunarlarni o‘zlashtirishi hamda kelajakda Vatan taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadigan yetuk inson bo‘lib kamolga kelishida asos bo‘lib xizmat qilmoqda.
Bugungi tadbirdagidek fan olimpiadasi g‘oliblarini rag‘batlantirish o‘quvchilarni yanada ko‘proq izlanishga, yangi marralarni zabt etishga undash bilan birga, ularning ta’lim-tarbiyasiga mehnatini bag‘ishlayotgan ustozlarning xizmatlarini qadrlashning muhim ifodasidir.
Haqiqatdan ham bunday e’tibor va rag‘bat yoshlarning ilm-fanga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirib, iqtidorli o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash, sifatli ta’limni rivojlantirish hamda kelajakda yetuk va malakali kadrlarni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.
.jpg)


.jpg)