Qorao‘zak tumanida amalga oshirilayotgan ishlar borib ko‘rildi

Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisining o‘rinbosari R.Nurazizov Qorao‘zak tumanida bo‘lib, amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishdi.
Ta’kidlash joizki, hurmatli Prezidentimiz topshirig‘i bilan shahar va tumanlarimizga biriktirilgan viloyatlar tomonidan amaliy chora-tadbirlar davom ettirilmoqda. Shu qatorda, bugungi kunda Qorao‘zak tumanida Namangan viloyati tomonidan drayver loyihalarni amalga oshirish, xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish maqsadida 42 nafar ishsiz yoshlarning bandligini ta’minlashga qaratilgan jami 14 ta xizmat ko‘rsatish kichik loyihasi tashkil etilmoqda.
Shuningdek, «Qutli makan» mahallasida 6 mlrd. so‘mlik yangi amfiteatr, 3 mlrd. so‘mlik kutubxona, 1,5 mlrd. so‘mlik «G‘arezsizlik guzari» mahallasida mahalla binosini qurish belgilangan.
Bundan tashqari, tumanda Prezidentimizning 49-sonli qarori asosida markazdagi kollektor o‘rnida yopiq drenaj tizimini qurish, «K.Kamalov» va «Rayxan» ko‘chalarini aholi sayr qiladigan joyga aylantirish, shuningdek, zamonaviy savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarini tashkil etish, «Nukus-Taxtako‘pir» yo‘li bo‘yidagi yoshlar xiyobonini qayta ta’mirlash ishlari amalga oshirilib, 15 mlrd. so‘mlik yangi to‘yxona xizmatini tashkil etish loyihasi ham davom ettirilmoqda.
Jo‘qorg‘i Kenges Raisining o‘rinbosari amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishdi, «Jahanger Qallibek» xususiy agrofirmasi ishini borib ko‘rdi.
Ushbu loyihaning amalga oshirilishi tumanda xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirishga, aholi uchun qulay sharoitlar yaratishga va yangi ish o‘rinlari ochishga xizmat qilishini ta’kidladi
.jpg)

.jpg)

.jpg)

.jpg)