Turon stadionida Nukus derbisi o‘tkaziladi
90

Joriy yilning 18-oktyabr kuni "Turon" stadionida O‘zbekiston Pro ligasining o‘ziga xos o‘yini bo‘lib o‘tadi.
Futbol muxlislari uchun qiziqarli o‘yin bo‘lishi kutilmoqda.
Unda "Aral" jamoasi 23-tur doirasida respublikamizning yana bir jamoasi "QMU Jayxun"ga qarshi maydonga tushadi.
Ta’kidlash joizki, bugungi kunda Pro Liga o‘yinlarida "Aral" futbol jamoamiz 22-tur o‘yinlari yakuni bilan jami 55 ochko to‘plab, peshqadamlikni qo‘ldan bermay kelmoqda.
"QMU Jayxun" esa 24 ochko jamg‘arib, Pro Ligadagi o‘yinlarini davom ettirmoqda.
Barcha futbol muxlislarini Turon stadioniga taklif qilib qolamiz.