Xalqaro fizika olimpiadasi g‘olibi — qoraqalpog‘istonlik o‘quvchi!

Quvonchli xabar!
Xo‘jayli tumani 20-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi Ibragimov G‘ayrat Allambergenovich xalqaro maydonda yuqori natijaga erishdi.
U 2026-yil 10-17-oktyabr kunlari Samarqand shahrida o‘tkazilgan II Ahmad al-Farg‘oniy nomidagi xalqaro fizika olimpiadasida O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida ishtirok etib, bronza medalini qo‘lga kiritdi!
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi nomidan G‘ayratni, uning ustozlari va ota-onasini samimiy tabriklaymiz! Kelajakdagi o‘qishlari va ilmiy izlanishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Ma’lumot uchun: Mazkur olimpiadada Qoraqalpog‘istondan 3 nafar o‘quvchi - Xo‘jayli tumani 20-sonli maktabining 11-sinf o‘quvchisi Ibragimov G‘ayrat, To‘rtko‘l tumani ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf o‘quvchilari Sharipbayev Elbek va Qurbanbayev Begzad O‘zbekiston terma jamoasi safida ishtirok etdi.

