Futbol bo‘yicha Qoraqalpog‘iston XXXIII chempionati g‘oliblari aniqlandi

Bugun Nukus shahridagi Turon stadionida Qoraqalpog‘iston XXXIII chempionatining final o‘yini bo‘lib o‘tdi.
Unda Kegeyli tumanining «Dosliq» va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining «MVD» jamoalari chempionlik kubogi uchun maydonga tushdi.
O‘yin juda qizg‘in lahzalarga boy tarzda o‘tdi. Dastlab, «Dosliq» jamoasi raqib darvozasiga 1-to‘pni kiritdi va o‘yin tashabbusini qo‘lga oldi. Bundan so‘ng, «MVD» jamoasi o‘z darvozasidan 2-to‘pni ham olib chiqdi. O‘yin yakunlanishi oldidan o‘rtadagi farq qisqartirilishiga erishildi. O‘yin yakunida 2:1 hisobida «Dosliq» jamoasi g‘olib bo‘ldi.
Bundan so‘ng, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orınbaev boshchiligida taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
Qoraqalpog‘iston XXXIII chempionatida faxrli 3-o‘rinni Amudaryo tumanining «Amudaryo» jamoasi, 2-o‘rinni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining «MVD» jamoasi qo‘lga kiritdi va ularga medal, qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
Chempionat g‘olibi hisoblangan Kegeyli tumanining «Dosliq» jamoasiga medal, qimmatbaho sovg‘alar hamda bosh sovrin Cobalt avtomobili topshirildi.
Bundan so‘ng, Kushmag Qoraqalpog‘iston kubogi g‘oliblari ham taqdirlandi.
Unda 2-o‘rinni egallagan «QMU» jamoasiga medal va qimmatbaho sovg‘alar topshirilgan bo‘lsa, Qoraqalpog‘iston kubogi finalida g‘olib bo‘lgan Kegeyli tumanining «Dosliq» jamoasiga topshirildi.
Bundan tashqari, «Eng yaxshi murabbiy», «Eng yaxshi darvozabon», «Eng yaxshi to‘purar», «Eng yaxshi futbolchi» kabi Chempionat nominatsiyalari egalari ham munosib rag‘batlantirildi.
Shuni alohida aytish kerakki, Chempionat g‘olibi bo‘lgan Kegeyli tumanining «Dosliq» jamoasi joriy yilning noyabr-dekabr oylarida 1-ligaga o‘tish uchun o‘tkaziladigan turnirda ishtirok etadi.


.jpg)
