Hurmatli vatandoshlar, qadrli futbol muxlislari!

Sizlarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va Vazirlar Kengashi nomidan "Aral" futbol klubimizning muddatidan oldin Pro Liga g‘olibligini qo‘lga kiritgani hamda Superligaga yo‘llanma olgani munosabati bilan samimiy tabriklaymiz.
Albatta, 25-yillik tanaffusdan so‘ng jamoamizning Superligaga qaytishi hurmatli Prezidentimizning e’tibori, yangilangan Turon stadionining foydalanishga topshirilib, unda davlatimiz rahbarining shaxsan o‘zi kelib futbolchilarimiz bilan uchrashishi, shuningdek, Administratsiya rahbarining qo‘llab-quvvatlashi, shu jumladan yuqori darajadagi tayyorgarlik, fidokorona qilingan mehnatlarning mevasi bo‘ldi.
O‘tgan 23 tur davomida jamoamiz o‘zining jonkuyar muxlislari uchun yuqori darajadagi tayyorgarligi bilan munosib o‘yin namoyish etdi. Bugun yana bir umidli jamoamiz "QMU Jayxun" ustidan erishilgan g‘alabasi bilan muddatidan oldin kubokni naqd qila oldi.
Albatta, jamoamiz oldindagi Superliga o‘yinlarida ham muvaffaqiyatli ishtirok etib, o‘z muxlislari uchun munosib o‘yin ko‘rsatishini tilab qolamiz.
Hurmatli vatandoshlar!
Sizlarni yana bir bor jamoamizning Superligaga muddatidan oldin chiqishi va Pro Liga kubogini qo‘lga kiritishi munosabati bilan samimiy tabriklaymiz.
Jamoamizning zafarli yurishlari bundan keyin ham bardavom bo‘lsin!
Amanbay Orınbaev
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi