Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining oʻn toʻrtinchi sessiyasi haqida axborot

Joriy yilning 19 oktyabr kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining oʻn toʻrtinchi sessiyasi oʻtkazildi. Sessiyada Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Hukumat aʼzolari, Respublika soha rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari, shuningdek, Joʻqorgʻi Kenges deputatlari ishtirok etdi.
Dastlab Oʻzbekiston Respublikasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi davlat madhiyalari yangradi. Sessiyani Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining Raisi Amanbay Orinbayev kirish soʻzi bilan ochdi va boshqarib bordi.
Sessiya «Qoraqalpogʻiston» telekanali orqali toʻgʻridan-toʻgʻri efirda yoritib borildi.
Sessiya kun tartibidagi dastlabki masala «Davlat ijtimoiy sugʻurtasi toʻgʻrisida»gi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qonunining loyihasi haqida boʻlib, bu masala boʻyicha Joʻqorgʻi Kengesning qoʻmita raisi B.Seytnazarov soʻzga chiqdi.

Kun tartibidagi masala toʻliq koʻrib chiqildi va deputatlar tomonidan maʼqullanib, qaror qabul qilindi.
Kun tartibidagi keyingi masala «Qoraqalpogʻiston Respublikasining ayrim qonunlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qonunining loyihasi haqida boʻlib, bu masala boʻyicha Joʻqorgʻi Kengesning qoʻmita raisi A.Atajanov soʻzga chiqdi.
Bu masala ham batafsil koʻrib chiqilib, deputatlar tomonidan qaror qabul qilindi.
Kun tartibidagi keyingi masala Byudjet daromadlari rejasining bajarilishi va soliq qarzdorliklarini kamaytirishda amalga oshirilgan ishlar boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Soliq boshqarmasiga yuborilgan parlament soʻrovi natijasi toʻgʻrisida boʻlib, ushbu masala boʻyicha
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Soliq boshqarmasi boshligʻi E.Narmanov bayonat qildi.

Bu masala ham batafsil ko‘rib chiqildi va deputatlar tomonidan qaror qabul qilindi.
Seesiyadagi navbatdagi masala Qoraqalpog‘iston Respublikasida aholini jamoat transporti bilan ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning borishi haqida bo‘lib, bu masala bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vaziri B.Seytmuratov bayonat qildi.
Bu masala ham deputatlar tomonidan ko‘rib chiqilib, qaror qabul qilindi.
Bundan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 402-sonli qarori talablarining bajarilishi bo‘yicha Mahallalar uyushmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi boshlig‘i S.Turmanov so‘zga chiqdi.

Bu masala ham deputatlar tomonidan koʻrib chiqilib, qaror qabul qilindi.
Sessiya kun tartibidagi keyingi masala Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi raisining oʻrinbosari - iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati raisini saylash haqida boʻldi. Ushbu lavozimga Zaripova Gauxar Sarsenbayevna nomzodi tavsiya etildi.
Kun tartibidagi masala yuzasidan deputatlar tomonidan tegishli qaror qabul qilindi va G.Zaripova Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi raisining oʻrinbosari - iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati raisi lavozimiga saylandi.

Sessiya kun tartibida oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqi hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga boʻlgan mulk huquqi eʼtirof etilayotgan fuqarolar roʻyxatini sessiya qarori bilan tasdiqlash masalasi koʻrib chiqildi.
Oʻzbekiston Respublikasining maxsus Qonunini qoʻllab, oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqi hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga boʻlgan mulk huquqi eʼtirof etilayotgan 18 293 nafar fuqaroning roʻyxati sessiya qarori bilan tasdiqlandi.
Sessiya majlisining kun tartibidagi keyingi masala Joʻqorgʻi Kenges Prezidiumining tegishli qarorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida boʻlib, bu masala ham toʻliq koʻrib chiqildi va deputatlar tomonidan maxsus qaror qabul qilindi.
Shu bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining oʻn toʻrtinchi sessiyasi oʻz ishini yakunladi.