Oʻzbek tili bayrami keng nishonlandi

Bugun Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida 21 oktyabr - Oʻzbek tili bayrami kuni munosabati bilan bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.
Unda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining Raisi Amanbay Orinbaev soʻzga chiqib, yigʻilganlarni bayram munosabati bilan tabrikladi.
Taʼkidlanganidek, tilimizga boʻlgan hurmat - bu koʻp millatli xalqimizning maʼnaviy dunyosini yanada boyitishga, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va ularni ulugʻlashga qaratilgan gʻamxoʻrlikning ifodasidir.
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini oshirishga alohida eʼtibor qaratilib, bu borada keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Ayniqsa, bu borada oʻzbek tilini chuqur oʻrganish, uni ilmiy asosda har tomonlama rivojlantirish va qoʻllash doirasini kengaytirish, filolog kadrlarni tayyorlash choralarining yangi bosqichlarga koʻtarilgani - bu mamlakatimizda davlat tiliga boʻlgan alohida eʼtibor ifodasidir.
Shuni unutmasligimiz kerakki, davlat tilining sofligi - bu yurtimiz taraqqiyoti hamda xalqimiz kelajagini belgilaydi. U oʻsib kelayotgan yoshlarni ona-Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashda va milliy urf-odat, anʼanalarimizni asrab-avaylashda muhim oʻrin tutadi.
Bayram tadbirida davlat tilining hayotimizdagi ahamiyati keng taʼkidlandi.
Tadbir sanʼat va madaniyat xodimlari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi bilan davom etdi.

.jpg)


.jpg)
.jpg)

.jpg)
