Jo‘qorg‘i Kenges Raisi olis Qumboskan ovulida aholi bilan uchrashdi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orınbaev To‘rtko‘l tumanidagi olis Qumboskan ovulida bo‘lib, ijtimoiy reestriga kiritilgan oilalar bilan uchrashdi.
Uchrashuvda oilalarning daromad manbalarini ko‘paytirish va bandligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Unda hurmatli Prezidentimiz tashabbusi bilan aholi farovonligini oshirish, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasida yaratilayotgan imkoniyatlar haqida so‘z yuritildi.
Shuningdek, davlat tomonidan ajratilayotgan subsidiyalar, ulardan foydalanish tartibi va mavjud imtiyozlar tushuntirildi. Oilalarning imkoniyatlari va qiziqishlaridan kelib chiqib, chorvachilik, parrandachilik hamda uy sharoitida kichik biznesni yo‘lga qo‘yish orqali barqaror daromad topish imkoniyatlari ko‘rsatib berildi.
Uchrashuv davomida oilalarning tadbirkorlik faoliyatini boshlashi va rivojlantirishi uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalar ham topshirildi. Bu esa ularning o‘z mehnati orqali daromad topishi, oilaviy byudjetini mustahkamlashi va turmush sharoitini yaxshilashiga xizmat qiladi.
Ijtimoiy reestrdagi oilalarga biriktirilgan rahbarlarga har bir xonadon bilan manzilli ishlash, mavjud muammolarni o‘rganish hamda ularni hal etish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi. Belgilangan vazifalarning ijrosini nazorat qilish, oilalarni kambag‘allikdan chiqarish va ularning doimiy daromad manbalarini shakllantirish muhimligi ta’kidlandi.
Amalga oshirilayotgan Bu kabi ishlar dan asosiy maqsad — har bir oilaning o‘z imkoniyatlaridan samarali foydalanishiga ko‘maklashish, odamlarni daromadli mehnatga jalb etish va aholi farovonligini oshirishdan iborat. Albatta, u borada amalga oshirilayotgan ishlar Qumboskan ovuli aholisi uchun ham yangi imkoniyatlar eshigini ochib beradi.
Bundan keyin aniq chora-tadbirlar va vazifalar belgilab olindi.


.jpg)


.jpg)