Nukus tumani yoshlari bilan uchrashuv o‘tkazildi

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan va bugungi kunda muntazam amalga oshirilayotgan «Har payshanba - Yoshlar kuni» tashabbusi yurtimizda yoshlar bilan ishlashning mutlaqo yangi, samarali va manzilli tizimini shakllantirmoqda. Bu tashabbus yoshlarning nafaqat muammolarini tinglash, balki ularning orzu-intilishlarini ro‘yobga chiqarish, salohiyatini to‘la namoyon etishi uchun mustahkam zamin yaratmoqda.
Mana shunday ezgu chora-tadbirlar doirasida bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orınbaev Nukus tumanidagi qator yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
O‘tkazilgan uchrashuvda bu borada yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar haqida keng tarzda ta’kidlandi. Shu bilan birga, ana shu imkoniyatlardan unumli foydalanib, turli yo‘nalishlarda yuqori natijalarga erishayotgan yoshlar safi tobora kengayib borayotgani alohida ta’kidlandi.
Shuningdek, uchrashuv davomida yoshlar faollik ko‘rsatib, o‘zlarini qiziqtirayotgan masalalar, amalda uchrayotgan muammolar hamda ilgari surilayotgan taklif va tashabbuslarini bevosita bildirdi. Xususan, ish bilan ta’minlash, tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish, imtiyozli kreditlardan foydalanish, kasb-hunar o‘rganish va ta’lim sohasiga oid masalalar ko‘tarildi.
Har bir ko‘tarilgan masala Jo‘qorg‘i Kenges Raisining shaxsan nazoratiga olinib, soha mutasaddilariga ularni qisqa muddatlarda ijobiy hal etish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.
.jpg)

.jpg)
.jpg)
