Tadbirkorlar muammolari tinglandi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orınbaev bugun Kegeyli tumanida Kegeyli va Chimboy tumanlaridagi yangi loyihalar tashabbuskorlari bo‘lgan tadbirkorlar bilan uchrashdi.
Dastlab, Jo‘qorg‘i Kenges Raisi hurmatli Prezidentimiz tomonidan Qoraqalpog‘iston uchun alohida qabul qilingan qaror va farmonlari asosida yaratilgan sharoitlar haqida ta’kidlab o‘tdi.
Shuningdek, o‘z biznesini tashkil etib, yangi loyihalarni amalga oshirayotgan tadbirkorlarning fikr-mulohazalari tinglandi.
O‘z navbatida, tadbirkorlar tomonidan bank kreditlari, loyihalarni moliyalashtirish, kadastr hujjatlarini ishlab berish kabi masalalar ko‘tarildi.
Har bir ko‘tarilgan masala belgilab olindi. Tadbirkorlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularga yaqindan ko‘maklashish, yangi loyihalarni ishga tushirish orqali aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi.
.jpg)
.jpg)
.jpg)

.jpg)