Bo'zatov tuman kengashining birinchi sessiyasi bo'lib o'tdi
3391
14 sentyabr kuni xalq deputatlari Bo'zatov tuman kengashining birinchi sessiyasi bo'lib o'tdi.
Sessiya ishida xalq deputatlari Bo'zatov tuman kengashining deputatlari, muassasa, korxona va tashkilotlarning rahbarlari, shuningdek, tadbirkorlar ishtirok etdi.
Sessiyada tashkiliy masala ko'rib chiqildi. Sessiyada Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining Raisi M.Erniyazov so'zga chiqib, yig'ilganlarni Bo'zatovning alohida tuman sifatida qayta tashkil etilganligi va tumanni har tomonlama rivojlantirish bo'yicha keng qamrovli ezgu ishlarning boshlanganligi bilan samimiy tabrikladi.
Bundan tashqari, Muhtaram Prezidentimizning 20-21 avgust kunlari Qoraqalpog'istonga tashrifi chog'ida tumanni qayta tashkil etish bo'yicha bir qator ahamiyatli vazifalarning belgilab berilganligini, shuningdek, Qoraqalpog'istonni yanada rivojlantirish bo'yicha 5 ta asosiy vazifaga alohida e’tibor qaratilganligini, o'z navbatida bu ezgu ishlar Bo'zatov tumanin ham chetlab o'tmasligini alohida ta'kidlab o'tdi.
Ma'lumot uchun, Bo'zatov tumani 2004 yili Kegeyli va Chimboy tumanlariga biriktirilgan edi. Endilikda tumanni qayta tashkil etish orqali hududda mahalliy aholining ijtimoiy yashash sharoitlarini yaxshilash, hududning infratuzilmasini yaxshi yo'lga qo'yish, chorvachilikni, tadbirkorlikni rivojlantirish imkoniyatlari yaratilmoqda.
O'tgan qisqa vaqt ichida Bo'zatov tumanini qayta tashkil etish bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati hamda Qonunchilik palatasining roziligi olindi, shuningdek, Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining maxsus qarori qabul qilindi. Bundan tashqari, tumanda 4 ta sektor faoliyatini yo'lga qo'yish, tibbiyot, maktabgacha ta'lim, xalq ta'limi, madaniyat, sport, qurilish, qishloq xo'jaligi va boshqa sohalarning tuman bo'limlarini tuzish bo'yicha ishlar olib borildi.
Hozirgi kunda tumanni kompleks rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan ishchi guruh tomonidan tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, xalqga tabiiy gaz etkazib berish uchun yangidan avtomatlashtirilgan gaz taqsimlash stantsiyasini qurish, “Aspantay” va “Erkindarya” kanallarini rekonstruktsiyalash hamda nasos agregatlarini o'rnatish, tuman markazini obodonlashtirish, muxandislik-kommunikatsiya hamda ijtimoiy ob’ektlarni qurish singari bir qator ahamiyatli dasturlar ishlab chiqilmoqda.
Respublikamiz rahbari ana shunday keng ko'lamli ishlarni natijali amalga oshirishda o'zining teran bilimi, tashkilotchilik salohiyati bilan ajralib turuvchi kadrlar o'rganib chiqilganligini aytib o'tdi hamda Bo'zatov tumani hokimi lavozimiga shu paytgacha Qoraqalpog'iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo'mitasi raisi lavozimida ishlab kelgan Qaypanov Maxmud Tengelovichning nomzodini tavsiya qildi. Tavsiya qilingan nomzodni qo'llab-quvvatlab 55-sonli “Bozatao'” saylov okrugidan Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining deputati Sh.Usnatdinov, “Erikbag'” saylov okrugidan tuman kengashi deputati A.Ernazarov hamda “Qazanketken” saylov okrugidan deputat I.Palыbekova co'zga chiqdilar.
Sessiyada Qaypanov Maxmud Tengelovich Bo'zatov tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.
Bundan so'ng Bo'zatov tumani hokimi M.Qaypanov so'zga chiqib, o'ziga bildirilayotgan yuksak ishonchni oqlashga va bor bilim, tajribasini tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga safarbar qilishga tayyor ekanligini bildirdi.




