Xushxabar: Taxiatosh tumani paxta etishtirish shartnomasini bajardi
3619
Taxiatoshlik fidoyi va mehnatkash paxtakorlarning hamjihatlikda qilgan mehnatlari natijasida mazkur tuman davlatga paxta topshirish bo'yicha shartnomaviy rejasini birinchi bo'lib ortig'i bilan, ya’ni 100,6 foizga bajarib, mehnat zafariga erishdi.
Albatta har qanday natijaga o'z-o'zidan erishib bo'lmaydi. Bu ezgu ishga tumanda birinchilardan bo'lib shartnomaviy rejalarini bajargan “Madat batыr” (120 foiz), “Azamat” (134 foiz), “Adilbek” (103 foiz) va boshqa fermer xo'jaliklarining hissasi katta bo'ldi.
Paxta yig'im-terim mavsumini yog'in-sochinli kunlarga qoldirmasdan qisqa muddatlarda uyushqoqlik bilan o'tkazish maqsadida respublikamizda bir qator tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shu jumladan, ilg'or terimchilarga avtomashina, muzlatgich, televizor, gaz plitasi va boshqa sovg'alarning berilishi terim su’ratini oshirishda muhim omil bo'lmoqda.
Bu bunyod etilgan xirmon nafaqat fermer xo'jaliklari daromadining oshishi balki tuman aholisi hayotining farovonligi va turmush darajasining yanada yaxshilanishi uchun ham katta ahamiyatga ega bo'ladi.