Qoraqalpoq madaniyat xodimlari Evropaning bir necha davlatlarida bo'lishmoqda
2270
O'zbekiston Respublikasining Belgiyadagi elchixonasi va Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi tomonidan Evropaning qator davlatlarida yurtimizning iqtisodiy, savdo, sarmoyaviy, sayyohlik sohalaridagi mavjud imkoniyatlarini targ'ib qilish maqsadida uchrashuv, qabul va madaniy tadbirlar o'tkazilmoqda.
O'tgan kunlar davomida shunday tadbirlar Niderlandiya poytaxti Gaagada, Lyuksemburg gertsogligida bo'lib o'tgan bo'lsa, 30 oktyabr kuni Evropa Parlamentida, Belgiyaning poytaxti Bryusselda tashkil etildi.
Tadbirda O'zbekiston Respublikasining Belgiyadagi favqulodda va muxtor elchisi D.Z.Hakimov, Evropa Parlamenitining Markaziy Osiyo bo'yicha delegatsiya raisi F.Martishelli, Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining qo'mita raisi D.Qurbaniyazov, Evropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo'yicha maxsus vakili P.Burman so'z olib, tadbirning tashkil etilishi bilan tabrikladi.
Shuningdek, respublikamiz vakili Qoraqalpog'istonning bugungi rivojlanish bosqichlari, bu erda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari, investorlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, sayyohlik salohiyati to'g'risida taqdimot qildi.
Bo'lib o'tgan tadbirlarda O'zbekiston Respublikasi filormoniyasi Qoraqalpog'iston bo'limi xodimlari o'zlarining kuy-qo'shiqlari va raqslari bilan yig'ilganlarda katta ta'surotlar qoldirdi.
