To'y-ma'rakalarni ixcham o'tkazish masalasi muhokama etildi
2576
Nukus shahrida fuqarolarning wzini-wzi boshqarish organlarining bir guruh faollariga “Mahalla iftixori” kwkrak nishonini topshirish, shuningdek, Wzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati Kengashining shu yil 14 sentyabrdagi “Twy-hashamlar, oilaviy tantanalar, maraka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga baǵishlangan tadbirlar wtkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish twǵrisida”gi qarorining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka tushuntirishga baǵishlangan yiǵilish bwlib wtdi.
Qoraqalpoǵiston Respublikasi Jwqorǵi Kengesi Raisi wrinbosari A.Hamraev boshqarib borgan tadbirda mutasaddi vazirliklar, korxona-muassasalar, jamoat tashkilotlari rahbarlari, shahar va tuman hokimlari wrinbosarlari, fuqarolarning wzini-wzi boshqarish organlari raislari, faollar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Takidlanganidek, Wzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3 fevraldagi “Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari twǵrisida”gi farmoni fuqarolarning wzini-wzi boshqarish organlariga yuklatilgan vaziflarni samarali ijro etish, ular faoliyatini muvofiqlashtirish, davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan wzaro birga ishlashni yanada ¬mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Prezidentimizning 2017 yil 13 iyuldagi qarori asosida fuqarolarning wzini-wzi boshqarish organlariga yuklatilgan vazifalarning amalga oshirilishiga munosib hissa qwshgan fuqarolar hamda jamoatchilik vakillarini raǵbatlantirish maqsadida “Mahalla iftixori” kwkrak nishoni tasis etilgan edi. Joriy yilda respublikamizdan 15 nafar faol fuqarolar ushbu kwkrak nishoniga munosib deb topildi. Tadbirda mukofotlar wz egalariga tantanali ravishda topshirildi.
Kun tartibidagi ikkinchi masala bwyicha Twylar, oilaviy tantanalar, maraka va marosimlarning wtkazilishini muvofiqlashtirish bwyicha respublika komissiyasi azosi, Wzbekiston Respublikasi Soǵliqni saqlash vazirining birinchi wrinbosari B.Yusupaliev, “Nuroniy” fondi Qoraqalpoǵiston Respublikasi bwlimi rahbari Sh.Usnatdinov, Fuqarolarning wzini-wzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bwyicha Qoraqalpoǵiston Respublikasi Chimboy tumani Kengashi raisining birinchi wrinbosari B.Abdullaev, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Nukus filiali direktori, Oliy Majlis Senati azosi O.Ataniyazova swzga chiqib, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati Kengashining shu yil 14 sentyabrdagi “ Twy-hashamlar, oilaviy tantanalar, maraka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga baǵishlangan tadbirlar wtkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish twǵrisida”gi qarorning mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida twxtalib wtishdi.
Takidlanganidek, swnggi yillarda twylar, oilaviy tantanalar, maraka va marosimlarni wtkazishda ortiqcha dabdaba, kim wzarlik kabi holatlar kuzatilmoqda. Yuqorida qayd etilgan qarorning asosiy mazmun-mohiyati, twy-marakalarimizni milliy ananalarimizga xos ixcham, kamxarj, isrofgarchiliksiz wtkazishdan iborat.
Qaror ijrosini taminlash maqsadida uch ywnalish bwyicha 20 banddan iborat “Ywl xaritasi” ishlab chiqildi. Hamda tegishli vazirliklar va idoralarga aniq vazifalar belgilab berilib, ijrosi nazoratga olindi. Qarorning mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilikka etkazish bwyicha ishchi guruh tuzilib, shahar va tumanlarga masullar bekitildi. Shuningdek, qaror ijrosini taminlash bwyicha olib borilayogan ishlar, bu borada keng jamoatchilikning fikrini ommaviy axborot vositalari orqali xalqqa etkazish maqsadida Meda-reja ishlab chiqildi.
Tadbirda twylar, oilaviy tantanalar, maraka va marosimlarni ixcham, isrofgarchiliksiz wtkazish bwyicha tegishli qaror qabul qilindi.



