Jo'qorg'i Kenges “10 kunda eng ko'p paxta tergan oila” tanlov musobaqasini e’lon qiladi
1667
2019 yilda etishtirilgan paxta hosilini nes-nobud qilmasdan mavsumni uyushqoqliq bilan o'tkazish hamda terimchilarni rag'batlantirish maqsadida Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi “10 kunda eng ko'p paxta tergan oila” tanlov musobaqasini e’lon qiladi.
1-hudud bo'yicha 1 ta Spark avtomobili
To'rtko'l, Beruniy, Ellikqal’a va Amudaryo tumanlari
2-hudud bo'yicha 1 ta Spark avtomobili
Taxiatosh, Xo'jayli, Sho'manoy, Qonliko'l va Qo'ng'irot tumanlari
3-hudud bo'yicha 1 ta Spark avtomobili
Nukus, Kegeyli, Chimboy, Qorao'zak va Taxtako'pir tumanlari
Tanlov musobaqasi joriy yilning 27 sentyabridan 7 oktyabriga qadar o'tkaziladi.
1 ta oila a'zolari tomonidan 10 kunda eng ko'p paxta tergan oilalar tanlab olinadi.
Tanlov g'oliblari tuman va Respublika ishchi komissiyasi tomonidan ko'rib chiqilib mukofotlanadi.
Qo'shimcha ma'lumotlar tuman hokimliklariga murojaat qilib olinadi.