QORAQALPOG'ISTON RESPUBLIKASI JO'QORG'I KENGESINING YIGIRMA TO'QQIZINChI SESSIYASI BO'LIB O'TDI
3209
Joriy yil 16 dekabr kuni Nukusda Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining yigirma to'qqizinchi sessiyasi bo'lib o'tdi.
Unda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zolari, vazirliklar, tashkilot va korxonalarning, huquqni muhofaza qilish idoralarining rahbarlari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Sessiyani Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining Raisi M.Erniyazov ochdi va olib bordi.
Deputatlar sessiyaning Kotibiyatini sayladi va kun tartibini tasdiqladi.
Ta'kidlanganidek, Prezidentimiz rahbarligida olib borilayotgan islohotlar, aniq maqsad va vazifalarni mujassam etgan farmon va qarorlar, dasturlar turmushimizda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shuni ham alohida ta'kidlash joiz, Prezidentimizning har bir tashrifi katta yaratuvchanlik ishlariga asos bo'lmoqda.
Prezidentimizning respublikamizga shu yilning avgust oyidagi tashrifidan so'ng 14 trillion 805 milliard so'mlik 697 loyihani amalga oshirish hisobiga 14 mingga yaqin yangi ish o'rni yaratish vazifasi belgilab berilgan edi. Shundan bugungi kunga qadar 455 milliard so'mlik 111, ya’ni bu yilning o'zida 16 foiz loyiha ishga tushirildi.
Bu loyihalarning eng ustuvorlariga to'xtaladigan bo'lsak, Nukus tumanida yiliga 300 tonna baliq etishtiradigan baliqchilik klasteri yo'lga qo'yildi. Nukus shahrida shprits va tibbiyot buyumlari ishlab chiqaradigan “Nukus med tex” korxonasi, Ellikqal’a tumanida “El obod mahalla” fermer xo'jaligida yiliga 1200 tonna un mahsulotlari ishlab chiqaradigan liniya, Taxiatosh va Ellikqal’a tumanlarining har birida 4 gektarli gidroponika usulidagi zamonaviy issiqxonalar ishga tushirilib, faoliyat boshladi. Shular bilan bir qatorda eng yirik ob’ektlardan biri hisoblangan “Nukus Siti” majmuasi uchun er maydoni ajratilib, bosh rejasi bekitildi. Shahar va tumanlarimiz farmatsevtika, elektrotexnika, neft-kimyo sanoati, to'qimachilik, turizm, chorvachilik, bog'dorchilik, qishloq xo'jaligi va boshqa sohalarga ixtisoslashgani, Mo'ynoq tumanida har oyda 5-6 ob’ektning, Konstitutsiya bayrami kunlari shahar va tumanlarimizda 50 dan ortiq ob’ektning ishga tushirilgani iqtisodiyotimizning mustahkamlanib, xalqimizning turmush darajasi yaxshilanayotganining yana bir dalididir.
Bugungi kunda tadbirkorlikni yanada rivojlantirish bo'yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Joriy yilning o'zida “Har bir oila - tadbirkor”, “Yoshlar - kelajagimiz” Davlat dasturlari asosida 312 milliard so'mdan ziyod imtiyozli kredit mablag'lari berildi. Respublikamizga 180 million dollar miqdorida investitsiya to'g'ridan-to'g'ri olib kelinib, Germaniya, Xitoy, Janubiy Koreya, Yaponiya, Turkiya, Latviya, Polsha, Belarus va boshqa davlatlarga 150 dan ortiq turdagi mahsulotlar eksport qilindi. Joriy yilning o'zida Tunis, Bolgariya va Singapur davlatlariga mahsulotlar eksporti yo'lga qo'yilgani xalqimizning nasibasi ortib, ichki imkoniyatlarimizning tobora kengayib borayotganidan dalolatdir.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2018 yilning 15-16 noyabr kunlari respublikamizga tashrifi davomida yurtimizning har bir hududida bittadan yangi tipdagi Prezident maktablarini tashkil etish, bu ishni Qoraqalpog'istondan, Nukus shahridan boshlashni taklif etgan edi. Bu borada bugungi kunda Toshkent, Namangan, Xiva shaharlaridan keyin Nukus shahrida Prezident maktablari ochildi. Bu maktabning qurilishi uchun mahalliy byudjet hisobidan 83 milliard so'm mablag' ajratilib, eng zamonaviy sharoitlar yaratildi. Zamonaviy loyiha asosida 168 o'ringa mo'ljallangan ikki qavatli o'quv binosi, shuncha o'ringa mo'ljallangan uch qavatli yotoqxona, barcha qulayliklarga ega mehmonxona, gimnastika va sport zallari, suzish havzasi, oshxona, dars tayyorlash xonalari o'quvchilar ixtiyoriga topshirildi. Barcha zarur inventarlar Xitoy Xalq Respublikasi va Turkiya davlatlaridan olib kelindi.
Prezidentimiz tashabbusi bilan Orol dengizining atrofida ekologik vaziyatni yaxshilash maqsadida, dengiz tubida o'tgan mavsumda 1 million 125 ming gektarga yaqin er maydoni tayyorlanib, 500 ming gektarga saksovul, qandim va boshqa cho'lga chidamli o'simliklar ekilgan bo'lsa, joriy yil 700 ming gektarga ekish rejalashtirilib, bu boradagi ishlar boshlab yuborildi. Bu ishlarga viloyatlardan, shahar va tumanlarimizdan mingga yaqin texnika va mexanizmlar, 4 dona kichik samolyot, 2500 dan ziyod ishchi qatnashishi kutilmoqda. Ularga qulay sharoit yaratish maqsadida 74 dona vagon uy, to'rt joyda kichik aviatsiya qo'nish maydonchasi tayyorlandi va 120 kilometr yo'l tekislandi. Ekish ishlariga talab qilinadigan 61 million dona saksovul, qandim va boshqa o'simliklarning niholi tayyorlangan bo'lsa, bunga qo'shimcha 45 million donadan ortiq nihol olib kelinishi kutilmoqda. Bugungi kunda 915 tonna urug' tayyorlangan bo'lsa, bu ko'rsatkichni 2400 tonnaga etkazish ko'zda tutilmoqda. Joriy yilgi mavsumda samolyotlar yordamida 9 ming gektardan ziyod maydonga 35 tonnaga yaqin saksovul urug'i ekildi.
Prezidentimiz tomonidan yaratilib berilgan imkoniyatlar natijasida o'tgan yili byudjet prognozining ortiqcha bajarilgan qismi hisobidan 1 trillion so'm mablag' xalqimiz farovonligi uchun qoldirilib, bu mablag'lar ovullarimizni obod qilish, kam ta'minlangan oilalarni qo'llab-quvvatlash, maktabgacha ta'lim tashkilotlari, umumta'lim maktablari, Madaniyat uylari, sog'liqni saqlash va sport ob’ektlarini ta'mirlash va ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, eng og'ir hududlarda obodonlashtirish kabi ezgu ishlarga sarflandi. Bu yil byudjetga daromadlar tushumini va ishlar ko'lamini o'tgan yilga nisbatan 2,5 barobar oshirish, ya’niy byudjet prognozini 3,5 trillion so'mga bajarib, shundan 750 milliard so'mlik erkin qoldiq mablag'ini qoldirish rejalashtirilmoqda.
Shu yilning 30 noyabr kuni Oliy Majlis Senatida birinchi marotaba 2020 yil uchun “Davlat byudjeti to'g'risida”gi Qonun qabul qilindi. Ushbu Qonunda respublikamizning barcha yirik korxonalarining va boshqa soliq to'lovlar to'liq o'zimizda qoldirilmoqda.
Sessiyada Qoraqalpog'iston Respublikasining 2020 yildagi Byudjetini tasdiqlash to'g'risidagi masala bo'yicha respublika Moliya vaziri M.Sodiqov bayonot qildi. Bu borada O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirining o'rinbosari Yo.Tursunov, Qoraqalpog'iston Respublikasi Davlat soliq boshqarmasi boshlig'i Q.Xalmuratov so'zga chiqdi va deputatlaro tegishli qaror qabul qildi.
Kun tartibidagi “Qoraqalpog'iston Respublikasi davlat mukofotlari to'g'risida”gi Qoraqalpog'iston Respublikasi Qonunining (yangi tahrir) loyihasi haqida Jo'qorg'i Kengesning qo'mita raisi S.Turmanov bayonot qildi. Bu masala bo'yicha 30-sonli “Mang'it” saylov okrugidan deputat A.Yuldashev so'zga chiqdi va tegishli qaror qabul qilindi.
Sessiyada, shuningdek, “Qoraqalpog'iston Respublikasining ayrim Qonunlariga o'zgarish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida”gi Qoraqalpog'iston Respublikasi Qonunining loyihasi to'g'risida Jo'qorg'i Kengesning qo'mita raisi S.Turmanov bayonot berdi. Bu masala bo'yicha 51-sonli “Oqmang'it” saylov okrugidan deputat Q.Elmuratov so'zga chiqdi. Deputatlar ushbu masala bo'yicha tegishli qaror qabul qildi.
Kun tartibidagi “Huquqbuzarlikning oldini olish va ularning profilaktik ahvoli to'g'risida”gi masala ko'rib chiqildi. Bu borada Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri A.Temirxanovning hisobati tinglandi va tegishli qaror qabul qilindi.
Sessiyada Qoraqalpog'iston Respublikasi Qurilish vazirligi tomonidan 2019 yilda olib borilgan ishlar to'g'risida masala bo'yicha Qurilish vaziri J.Berdixanovning hisobati tinglandi. Bu bo'yicha Ellikqal’a tumani hokimi, deputat S.Avezov so'zga chiqdi. Deputatlar bu borada tegishli qaror qabul qildi.
Kun tartibidagi “Fuqarolarning huquqlarini himoya qilish, jinoyatchilikning oldini olish va ularga qarshi kurashish yo'nalishida olib borilayotgan ishlar to'g'risida”gi masala ko'rib chiqildi. Bu bo'yicha respublika prokurori X.Karimovning hisobati tinglandi va tegishli qaror qabul qilindi.
Sessiyada fuqarolarning huquqlari bilan erkinliklarini, shuningdek, korxona, idora va tashkilotlarning huquqlari bilan qonuniy manfaatlarini sud orqali muhofaza qilishni amalga oshirish bo'yicha Qoraqalpog'iston Respublikasi Jinoyat ishlari bo'yicha sudi raisi G.Bazarbaevaning axboroti tinglandi. Deputatlar bu borada tegishli qaror qabul qildi.
Kun tartibidagi “Norma ijodkorligi va huquqni qo'llash amaliyoti sohasida 2019 yilda olib borilgan ishlar to'g'risida”gi masala ko'rib chiqildi. Bu bo'yicha respublika Adliya vaziri S.Xudaybergenov axborot berdi va tegishli qaror qabul qilindi.
Sessiyada Qoraqalpog'iston Respublikasi Iqtisodiy sudining raisini saylash to'g'risidagi masala ko'rib chiqildi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda Qoraqalpog'iston Respublikasi Konstitutsiyasi va “Sudlar to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Gao'har Zaripova Qoraqalpog'iston Respublikasi Iqtisodiy sudi raisi etib tayinlandi va tegishli qaror qabul qilindi.
Sessiyada respublika Iqtisodiy sudining raisi Gao'har Zaripova so'zga chiqib, deputatlar tomonidan bildirilayotgan ishonch uchun minnatdorlik bildirdi va bunday mas’uliyatli vazifani ado etishda o'zining kuch-g'ayratini, bilim va tajribasini ayamay sarflashini ta'kidladi.
Sessiyada Jo'qorg'i Kenges Prezidiumi tomonidan sessiyalar oralig'ida qabul qilingan tegishli qarorlarni tasdiqlash to'g'risida qaror qabul qilindi.
Shu bilan Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining yigirma to'qqizinchi sessiyasi o'z ishini yakunladi.
Sessiya ishida O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi raisining o'rinbosari F.Umarov ishtirok etdi.
Bu deputatlik korpus uchun yakuniy sessiya hisoblanadi. O'tgan 5 yil davomida o'tkazilgan 29 sessiya majlisida 156 masala ko'rib chiqildi. Jumladan, Qoraqalpog'iston Respublikasi Konstitutsiyasiga o'zgarishlar kiritildi va 30 Qonun qabul qilindi. O'tgan davrda iqtisodiyotimizning barcha tarmoq rahbarlarining 76 hisoboti tinglandi. Shuningdek, o'tgan 5 yil davomida Jo'qorg'i Kenges qo'mitalari tomonidan 220 masala ko'rib chiqildi va tegishli echim qabul qilindi.