Joqorǵi Kenges Raisi bozatovlik oquvchiga kompyuter jamlanmasi va telefon sovǵa qildi
2484
Joriy yil 4 yanvar kuni Qoraqalpoǵiston Respublikasi Joqorǵi Kengesining Raisi M.Erniyazov tomonidan Bozatov tumanidagi 1-son umumtalim maktabining 7-sinf oquvchisi Gulsanam Urazbaevaga zamonaviy kompyuter jamlanmasi hamda telefon sovǵa qilindi.
Barchamizga malum, songgi yillarda mamlakatimizda Muhtaram Prezidentimiz rahnamoligida osib kelayotgan yosh avlodning har tomonlama bilimli, jismonan soǵlom, manan etuk, barkamol avlod bolib voyaga etishiga alohida etibor qaratilib, bu borada keng kolamli ezgu ishlar amalga oshirilmoqda.
Shuning bilan birga ozlarining chuqur bilimi, qobiliyati, iqtidori bilan dostlariga ornak bolib, har xil tanlov va musobaqalarda muvaffaqiyatlarga erishayotgan yoshlarimiz munosib tarzda raǵbatlantirilib kelinmoqda.
Bozatovlik Gulsanam Urazbaeva ham ana shunday iqtidorli yoshlarimizdan hisoblanadi. U maktabda alo baholarga oqishi bilan birga, sportning shotokan karate-do turi bilan muntazam shuǵullanib, respublika va mamlakat miqiyosida otkazilayotgan musobaqalarda sovrindorlar qatoridan joy olib kelmoqda. Bosh vaqtlarida badiiy kitoblar oqishga qiziqadi. Ozi ham sherlar, hikoyalar yozib, qator tanlovlarda munosib ishtirok etib kelayotgan yosh istedod egasi.
Respublikamiz rahbarining sovǵalarini G.Urazbaevaga Joqorǵi Kengesning qomita raisi D.Qurbaniyazov topshirdi.
Korsatilgan bunday etibordan quvonchga tolgan Gulsanam respublikamiz rahbariga cheksiz minnatdorchiligini izhor qilib, oziga bildirilgan ulkan ishonchni oqlashga, kelajakda bor bilim, kuch-ǵayratini, istedodini ona Vatanimizning gullab-yashnashiga sarflashga va bu yolda tinmay mehnat qilishga vada berdi.