DENGIZ TUBIDA YOSHLAR BILAN UCHRASHUV
2154
2019 yil respublikamiz yoshlari hayotida ham muhim voqealari bilan esda qoladigan yillardan biri boldi, desak mubolaǵa qilmaymiz. Ayniqsa, Muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoevning 27 dekabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabda yoshlar bilan uchrashuvi butkul yurtimiz yoshlarini tolqinlantirib, ularning oydin kelajakga bolgan ishonchini yanada mustahkamladi.
Ertangi kun egalari bolgan yoshlar bilan uchrashuvlar mamlakatimizning barcha joylarida yuqori kotarinki ruxda tashkil etilmoqda.
\
Mana shunday uchrashuvlarning biri 30 dekabr kuni Orol dengizining qurigan tubida, yani, yashil ormonzorlar barpo etilayotgan hududta bolib otdi. Unga ushbu hududda saksovul ekish ishlarida javlon urib mehnat qilayotgan yoshlar, Favqulotda vaziyatlar vazirligi xodimlari, ishchi, mexanizatorlar, olimlar va respublikamizning bir qator faol yoshlari qatnashdi.
Tadbirda sozga chiqqan Qoraqalpoǵiston Respublikasi Joqorǵi Kengesining Raisi M.Erniyazov, Ozbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi T.Xudaybergenov bugungi kunda mamlakatimizda Muhtaram Prezidentimiz rahbarligida yoshlarni har tomonlama qollab-quvvatlash, ularga keng imkoniyatlar yaratish borasida ulkan ishlar amalga oshirilayotganini takidladi.
27-dekabr kuni davlatimiz rahbarining faol yoshlar bilan uchrashuvidagi «Yangi Ozbekistonni, albatta, yoshlar bilan birga quramiz. 2020 yil yoshlarga oid davlat siyosatida tub burilish yili boladi» degan fikrlari yurtimiz yoshlariga qaratilayotgan alohida etiborning yorqin dalilidir. Albatta, Prezidentimizning bunday otalarcha ǵamxorligi, ulkan ishonchi va qollab-quvvatlashi yoshlarimizga kuch-ǵayrat, ilhom va kotarinki kayfiyat baǵishlaydi.
Oz navbatida bir guruh yoshlarimiz sozga chiqib, ozlariga bildirilgan ulkan ishonchni oqlashga, kelajakda bor bilim, kuch-ǵayratini, istedodini Vatanimizning gullab-yashnashi uchun sarflashga vada berdi.
Uchrashuv davomida Orol dengizining qurigan hududini yashil ormonzorga aylantirish ishlarida qizǵin mehnat qilayotgan bir guruh ilǵor xodimlarga «Oatan pidayısı» kokrak nishoni tantanali ravishda topshirildi.
Bundan song respublikamiz yoshlari otgan mavsumda amalga oshirilgan ishlarning natijasi, bugungi kundagi saksovul ekish ishlarining borishi bilan yaqindan tanishdi. Shu bilan birga ozlari ham turli texnikalarda, hatto, samolyotlarda saksovul ekish ishlarida qatnashib, bu ezgu ishga oz hissasini qoshish imkoniga ega boldi.
Otkazilgan tadbirlar respublikamiz sanatkorlari ijrosidagi koncert dasturi bilan davom etdi.
Albatta, dengiz tubida otkazilgan bir kun yoshlarimizning esida uzoq vaqt saqlanishi bilan birga, ona Vatanga muhabbatining yanada oshishida, tuǵilgan erga sadoqat tuyǵularining yanada kuchayishida va yurt ravnaqi yolida ozini ayamasdan mehnat qiladigan farzandlar bolib kamolga etishida muhim ahamiyat kasb etishiga ishonamiz.


