Joqorǵi Kenges Raisi moynoqlik yoshlar bilan uchrashdi
3632
Qoraqalpoǵiston Respublikasi Joqorǵi Kengesining Raisi M.Erniyazov tumandagi Yoshlar markazida moynoqlik faol yoshlar bilan uchrashdi.
«Yangi Ozbekistonni, albatta, yoshlar bilan birga quramiz. 2020 yil yoshlarga oid davlat siyosatida tub burilish yili boladi», deya takidlagan edi Muhtaram Prezidentimiz shu yilning 27 dekabr kuni yoshlar bilan otkazilgan uchrashuvda.
–Davlatimiz rahbarining yoshlarga bolgan katta ishonchi hamda qollab-quvvatlashi respublikamiz yoshlariga ozgacha shijoat, kuch-ǵayrat baǵishladi, – dedi respublikamiz rahbari oz sozida.
Tadbirda ishtirok etgan yuzdan ortiq yoshlar Moynoqning bugungi ozgarishlari, yangilanishlari haqida tolqinlanib soz etdi.
Deyarli har kuni muvaffaqiyatlarga erishayotgan qoraqalpoǵistonlik yoshlar bilan har qancha fahrlansak arziydi. Etiborlisi, ular orasida yangilangan Moynoq tumani yoshlarining ham kop ekanligi.
Joqorǵi Kenges Raisi M.Erniyazov oz yutuqlari, muvaffaqiyatlari bilan tengdoshlariga ornak bulayotgan bir qator fidoyi yoshlarga Qoraqalpoǵiston Respublikasi Joqorǵi Kengesining «Umit ushqını» kokrak nishonini tantanali ravishda topshirdi.

