QONǴIROTDA YIRIK CHORVACHILIK MAJMUASI QURILADI
3007
Joriy yilning 28 dekabr kuni Qonǵirot tumanida Chorvachilik kooperaciyasining tamal toshi qoyildi.
Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda Qoraqalpoǵiston Respublikasi Joqor¬ǵi Kengesining Raisi M.Erniyazov Prezidentimiz Sh.Mirziyoev tomonidan respublikamizda barcha sohalar qatori chorvachilikni jadal rivojlantirish, hududlarning tabiyiy sharoitidan kelib chiqib muayyan bir sohaga ixtisoslashtirish borasida keng kolamli islohotlar amalga oshirilayotgani, dehqon-fermerlar, chorvadorlar, tadbirkorlar har tomonlama qollab-quvvatlanib, ularning ish boshlashi va rivojlantirishi, sohasini kengaytirishi uchun qator imtiyozlar berilayotganini alohida takidladi.
Davlatimiz rahbari joriy yilning 20-21 avgust kunlari Qoraqalpoǵiston Respublikasiga tashrifi davomida Respublikani yanada taraqqiy ettirish boyicha ustuvor yonalishlarni belgilab, ular boyicha faol ishlash zarurligini takidlagan edi. Shuningdek, har bir tuman va shaharning oziga xos xususiyatlari va imkoniyatlaridan kelib chiqib, ularni turli sohalarga ixtisoslashtirish boyicha tavsiyalar berdi. Prezidentimizning 2019 yil 7 noyabrdagi “Qoraqalpoǵiston Respublikasida chorvachilik tarmoqlarini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toǵrisida”gi qarorining qabul qilinishi mazkur ustuvor yonalishlardan birini bosqichma-bosqich amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Qarorda Qoraqalpoǵiston Respublikasining Bozatov, Moynoq, Taxtakopir va Qonǵirot tumanlarini chorvachilikka ixtisoslashtirish, ushbu hududlarda zamonaviy chorvachilik komplekslarini ishga tushirish, yaylov va pichanzorlardan samarali foydalanish hisobiga aholining chorvachilik mahsulotlari, ayniqsa, gosht va sut mahsulotlariga bolgan ehtiyojini taminlash darajasini yaxshilash hamda daromadini oshirish masalasiga alohida etibor qaratildi.
Mazkur hujjat asosida Qoraqalpoǵiston Respublikasida chorvachilikni rivojlantirish, shu jumladan, chorva mahsulotlarini etishtirish, qayta ishlash va qoshilgan qiymat zanjirini yaratish, shuningdek, soha mutaxassislari malakasini oshirish, ishlab chiqarish jarayonlariga ilmiy ishlanmalarni joriy etishda chorvadorlarga har tomonlama komaklashish maqsadida Qoraqalpoǵiston chorvadorlari uyushmasi tashkil etildi. Respublikamiz chorvadorlari uchun koplab imtiyozlar yaratildi.
Qurilishi boshlangan Chorvachilik kooperaciyasi – Qoraqalpoǵiston tajribasi asosida chorvachilik sohasidagi eng yirik majmuadir.
Mazkur majuaning umumiy maydoni 35,2 gektar bolib, har biri 100 boshdan jami 1000 bosh qoramol boqishga moljallangan 10 ta molxona (angar)ni, 2 ta bordoqchilik molxonasi, 2 ta 500 bosh qoramolga moljallangan silos maydonchasi, 3 ta sut cexi, 1 ta oquv markazi va mehmonxonani oz ichiga oladi.
Zamonaviy majmuaning ishga tushirilishi respublikamizda chorvachilik tarmoǵini jadal rivojlantirish, xalqimizni arzon va sifatli gosht va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari bilan taminlash, ayniqsa, qishloq joylarida istiqomat qilayotgan fuqarolarning bandligini oshirish va daromadlarini kopaytirishda muhim orin tutadi. Bu esa xalqimizning farovonligini, dasturxoni tokinligini taminlashga xizmat qiladi.





