Qonlikolda yangi obektlar foydalanishga topshirildi
2859
Joriy yilning 25 dekabr kuni Qonlikol tumanida bir nechta yangi ijtimoiy-iqtisodiy obektlarning ochilish marosimi bolib otdi.
Songgi yillarda respublikamizning barcha hududlari qatori Qonlikol tumanida ham ulkan qurilish va obodonlashtirish ishlari, aholining turmush sharoitini yaxshilash, ularni ish bilan taminlash borasida qator chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Loyiha qiymati 1,19 milliard somlik tuman bandlikka komaklashish markazining yangi binosida fuqarolarning kutish xonasi, majlislar zali, arxiv va qoshimcha ikkita xona tashkil etilib, zamonaviy jihozlar bilan taminlandi. Yigirmaga yaqin xodim ish olib boradigan ushbu markazda aholiga xizmat korsatish uchun barcha qulayliklar yaratilgan.
Loyiha qiymati 4,498 milliard somlik tuman madaniyat bolimining yangi binosida esa aholiga madaniy xizmat korsatish uchun barcha sharoitlar yaratildi. Jumladan, turli madaniy tadbirlar tashkil etish uchun 180 orinli tomoshabinlar zali, togaraklar uchun xonalar tashkil etilib, zarur jihozlar bilan taminlandi.
Shuningdek, tuman markazidagi “Altinkol guzari” hududidagi “Jayxun baraka chevarlari” tikuvchilik korxonasi ham foydalanishga topshirildi. Loyiha qiymati 1 milliard 144 million som bolgan ushbu korxona yiliga 3000 dona kiyim-kechak ishlab chiqarish quvvatiga ega. Korxona zamonaviy tikuv dastgohlari bilan jihozlangan. Jami 150 oringa moljallangan mazkur korxonada ayni paytda 40 dan ziyod xotin-qizlar ishlamoqda.
Tumanning “Qonlikol” shaharchasidagi 13-sonli maktabgacha talim tashkiloti binosining foydalanishga topshirilishi yangi yil arafasida tuman aholisi, ayniqsa, bolalar uchun katta sovǵa boldi. Yangi qiyofa kasb etgan maktabgacha talim tashkiloti bugungi kunga kelib 225 bolani qabul qilish quvvatiga ega boldi. Boǵchada bolalarning dam olish, ovqatlanish xonalari, tarbiyachilar, tibbiyot, kutish xonalari, sport maydonchasi barcha qulayliklarga ega.
“Navroz” ovul fuqarolar yiǵini hududida barpo etilgan “Naushe gulleri” davlat-xususiy sheriklik boǵchasida ham bolalar uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Loyiha qiymati 1,750 milliard somlik ushbu maktabgacha talim tashkiloti 50 oringa moljallangan bolib, ettita ish orni yaratilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, shu kuni tumandagi “Madaniyat” mahalla fuqarolar yiǵini hududida namunaviy loyihalar asosida qurilgan, Xotin-qizlarni va oilani qollab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan boshlanǵich tolovi tolab berilgan 10 ta arzonlashtirilgan uy-joy tumandagi oǵir turmush sharoitiga tushib qolgan xotin-qizlarga topshirildi.
Albatta, foydalanishga topshirilgan mazkur obektlar aholi farovonligini taminlash, tumanning iqtisodiy-ijtimoiy, madaniy-marifiy salohiyatini yuksaltirishga xizmat qiladi.





