Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining Raisi M.Erniyazov munosib nomzodlarga ovoz berdi
2724
Qoraqalpog'iston Respublikasida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi, xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga saylovlar ko'tarinki ruhda o'tmoqda.
Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining Raisi M.Erniyazov Nukus shahridagi 42-saylov uchastkasiga tashrif buyurib, eng munosib nomzodlar uchun ovoz berdi.
Joriy yilgi saylovlar “Yangi O'zbekiston: Yangi saylovlar” shiori ostida xalqaro standartlar, printsiplar asosida qabul qilingan Saylov kodeksi bo'yicha o'tkazilmoqda.
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesiga, xalq deputatlari shahar va tuman kengashlariga saylov o'tkazuvchi 622 ta saylov uchastkasida saylovchilar uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Saylovlar jarayonini xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar kuzatuvchilari kuzatib bormoqda.