Qoraqalpog'iston xabar agentligining moddiy-texnik bazasi mustahkamlanadi
2366
Shu yilning 28 yanvar sanasida Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi Prezidiumining "Qoraqalpog'iston xabar agentligining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori qabul qilindi.
Qoraqalpog'iston xabar agentligi mamlakat va respublikadagi muhim rasmiy xabarlarni, ijtimoiy-siyosiy hayotdagi hamda barcha sohalardagi yangiliklarni, tezkor materiallarni tarqatib kelayotgan respublikamizdagi etakchi ommaviy axborot vositalaridan biridir.
Agentlik xodimlarining erkin ijodiy ish bilan shug'ullanishi uchun qulay sharoit yaratish maqsadida Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi Prezidiumining maxsus qarori asosida 37 million so'mdan ziyod mablag' ajratilmoqda.
Eslatib o'tish joiz, kknews.uz sayti mazkur agentlikning rasmiy sayti hisoblanadi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining matbuot xizmati