Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari qo'llab-quvvatlanmoqda
1911
Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi Prezidiumining maxsus qaroriga muvofiq Respublika 1-sonli «Mehribonlik uyi»ga 57 million so'mdan ziyod mablag' ajratildi.
Yurtimizda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini, jumladan, etim va ota-onasining qaramog'idan ayrilgan bolalarni qo'llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilib, bu borada bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi Prezidiumining 2021 yil 10 fevraldagi qarori bilan Respublika 1-sonli «Mehribonlik uyi» tarbiyalanuvchilarining bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ularning madaniyat va san’atga bo'lgan qiziqishini oshirish maqsadida Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilaridan iborat «Tong g'unchalari» raqs ansamblini sahna kiyimlari bilan ta'minlash hamda shu erda tarbiyalanib chiqqan iste’dodli yoshlarni moddiy rag'batlantirish uchun 57 million so'mdan ziyod mablag' ajratildi.
Bunday ezgu sa'y-harakatlar yoshlarning qalbida o'ziga bo'lgan mustahkam ishonch va kelajakka umid tuyg'ularini uyg'otishga xizmat qiladi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining matbuot xizmati