Fraktsiya hisoboti tinglandi
1888
27 fevral kuni O'zbekiston Xalq demokratik partiyasining Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesidagi fraktsiyasining 2020 yil davomida amalga oshirgan ishlari to'g'risidagi hisobot yig'ilishi o'tkazildi.
Yig'ilishni Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi Raisining o'rinbosari A.Davletov kirish so'zi bilan ochib berdi.
Ta'kidlanganidek, deputatlar o'z faoliyati davomida yuzaga kelgan muammoli masalalarni echishda, fuqarolarning huquqlari va qonun bilan muxofaza qilinadigan manfaatlarini himoya qilishda, deputatlik nazoratni o'rnatishda fraktsiyaning o'rni alohida ahamiyat kasb etadi.
Siyosiy partiyalarning Jo'qorg'i Kengesdagi fraktsiyasi Jo'qorg'i Kenges sessiyasida muhokama qilinayotgan masalalarni ko'rib chiqish va mohiyati yuzasidan takliflar, fikr-mulohazalar kiritish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga ularning tasarrufiga kiradigan masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirishlar olish, Jo'qorg'i Kengesda muhokama qilinayotgan qonun loyihalari va boshqa qarorlarning loyihalari yuzasidan o'z takliflarin kiritish, hukumat a'zolarini ularning faoliyati masalalari yuzasidan eshitish to'g'risidagi masalani qo'yish, fraktsiyaning faoliyati uchun zarur materiallar va hujjatlarni davlat organlari hamda ularning mansabdor shaxslaridan talab qilib olish va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarga ega.
O'zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraktsiyasining Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesidagi fraktsiyasi a'zolari ham o'z vakolati doirasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlarda faol ishtirok etishga harakat qilib kelmoqda.
2020 yil davomida fraktsiya a'zolari bir qator qonun loyihalari va kontseptsiyalarini ishlab chiqishda faol qatnashdi. Bundan tashqari, o'tgan yilgi pandemiya davrida fraktsiya a'zolari yolg'iz keksalarga, boquvchisini yo'qotgan oilalarga, nogironligi bo'lgan shaxslarga, olis hududlarda istiqomat qiluvchi extiyojmand oilalarga oziq-ovqat, gigiena va dori vositalari etkazib berishni tashkil etish hamda karantin qoidalariga rioya qilish ustidan jamoatchilik nazoratini o'rnatishda faollik ko'rsatdi.
Shuningdek, fraktsiya a'zolari tomonidan bir qator kamchiliklarga ham yo'l qo'yilayotgani tanqid qilindi va ularni bartaraf etish hamda deputatlarning faolligini yanada oshirish bo'yicha takliflar berildi.
Mәjiliste O'zbekiston Xalq demokratik partiyasining Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesidagi fraktsiyasi rahbari X.Eshimbetovning fraktsiya tomonidan 2020 yilda amalga oshirilgan ishlar to'g'risidagi hisoboti tinglandi.
Majlis kun tartibidagi masala bo'yicha fikr-mulohazalar bildirildi va tegishli qaror qabul qilindi.





M.Habibullaev olgan suratlar