8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash to'g'risida
3580
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni
Mamlakatimizda aziz va mo'’tabar ayol zotini ulug'lash, opa-singillarimizning davlat va jamiyat hayotida tutgan o'rni va nufuzini oshirish, o'zining ko'p yillik samarali mehnati, boy amaliy tajribasi bilan oilalarda ma'naviy-axloqiy muhitni mustahkamlash, farzandlarimizni ona Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash ishlariga katta hissa qo'shayotgan xotin-qizlarimizni munosib qadrlash maqsadida hamda yurtimizda olib borilayotgan tub islohotlarda faol qatnashib, yangi O'zbekistonni barpo etish, xalqimiz farovonligini yuksaltirish yo'lida tashabbus va ibrat ko'rsatib kelayotgani uchun bir guruh ayollar faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotlansin:«O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan yoshlar murabbiysi» faxriy unvoni bilan
Ataniyazova Oral Aminovna - Qoraqalpog'iston tibbiyot instituti rektori, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zosi«Mehnat shuhrati» ordeni bilan
Allambergenova Gulnara Yusupbaevna - O'zbekiston davlat filarmoniyasi Qoraqalpog'iston Respublikasi bo'linmasi «Muxalles» dutorchilar ansambli baxshi-sozandasi«Do'stlik» ordeni bilan
Dosimbetova Tamara Jumabaevna - Qoraqalpog'iston musulmonlari qoziyoti xotin-qizlar masalalari bo'yicha qozi yordamchisi, bosh otinoyisi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Nurlepesova Gulnara Juginisovna - erkin ijodkor, shoira, Qoraqalpog'iston Respublikasi«Sog'lom turmush» medali bilan
Palvanova Nigora Bekbergenovna - Olimpiya va milliy sport turlari bo'yicha Nukus oliy sport mahorati maktabining badiiy gimnastika bo'yicha murabbiyi, Qoraqalpog'iston Respublikasi«Kelajak bunyodkori» medali bilan
Dosanova Gulmira Sarsenbaevna - Mo'ynoq davlat o'rmon xo'jaligining xo'jalik ishlari mudiri, Qoraqalpog'iston Respublikasi«Shuhrat» medali bilan
Bekmuratova Venera Djoldasbaevna - Nukus shahridagi Prezident maktabining ingliz tili fani o'qituvchisi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Turekeeva Ariuxan Aimuratovna - «Qaraqalpaqstan jaslarы» gazetasi mas’ul kotibi, Qoraqalpog'iston Respublikasi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev